Muddatli omonatlar haqida mashhur savollar

TBC Bank muddatli omonatlari haqida ko‘p beriladigan savollarga javoblar. Muddatli omonatlarni so‘mda va dollarda ochish mumkin. Maqsadingizga mos shartlarni o‘zingiz tanlaysiz.

 

Siz izlagan savol bo‘lmasa, operatorlarimizdan so‘rang. Qo‘llab-quvvatlash markazimiz har kuni ishlaydi. Telefon: 1150 

Hech qanday. Shunchaki TBC UZ ilovasini yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting. Muddatli omonat ochish uchun:

  1. "Omonatlar" bo‘limini toping.
  2. "Omonat ochish" tugmasini bosing.
  3. "Muddatli omonatlar"ni tanlang.
  4. Omonat shartlarini maqsadingizga moslang va "Keyingisi" → "Ochish" tugmasini bosing.

 

Eslatma: 100 000 so‘mdan boshlab muddatli omonat ochish mumkin.

Ha, 13 oydan 24 oygacha bo‘lgan muddatga to‘ldiriladigan omonat ochsangiz bo‘ladi. Omonat ochish uchun minimal summa — 100 dollar.

 

Dollarda omonat ochish uchun: "Omonatlar" → "Omonat ochish" → "Muddatli omonatlar" bo‘limiga kiring va omonat valyutasini dollarga o‘zgartiring.

Foizlarni biz har kuni hisoblaymiz va bir oyda bir marta — omonat ochilgan sanada to‘lab beramiz. Hisob-kitob uchun omonatdagi kunlik minimal qoldiqdan foydalanamiz.

Omonat ochilgan sanada. Misol uchun, agar omonatni 14-mayda ochgan bo‘lsangiz, foizlar har oyning 14-sanasida kartangizga o‘tkaziladi.

15 ta:

  • 10 ta muddatli omonat — so‘mda.
  • 5 ta muddatli omonat — dollarda.

Bu omonat turiga bog‘liq:

  • To‘ldiriladigan omonatda — 5 milliard so‘m;
  • To‘ldirilmaydigan omonatda — 25 milliard so‘m;
  • Dollardagi omonatda — 50 ming dollar.

Yo‘q, lekin kartani naqd pul bilan to‘ldirib, keyin TBC UZ ilovasida omonatga o‘tkazishingiz mumkin.

Omonatingizni tanlang → "Qoidalar" → "Avtomatik to‘ldirishni yoqish". Ochilgan ekranda summa, pul yechiladigan kartani va sanani — oy yoki hafta kunini ko‘rsating. "Saqlash" tugmasini bosing.

 

Avtomatik to‘ldirish summasi yoki kunini istalgan vaqtda o‘zgartirishingiz mumkin:  Omonatni tanlang → "Qoidalar" → "O‘zgartirish".

Ha, TBC Bankda barcha omonatlar "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi qonun asosida davlat tomonidan sug‘urtalangan.Ya‘ni, mabodo sug‘urta hodisasi yuz bersa, davlat har qanday omonatingizdan 200 mln so‘mgacha bo‘lgan qismini qaytaradi, qolgan summani esa biz qoplab beramiz.

Ha, ikki shartga rioya qilsangiz, to‘ldiriladigan muddatli so‘m omonatidan pul yechishingiz mumkin:
— Omonat ochilganiga bir oy to‘lsin;
— Pul yechilgach, omonatda kamida 100 000 so‘m qolsin.

 

Boshqa muddatli omonatlardan pul yechib bo‘lmaydi — ularda pulni muddat oxirigacha saqlash kerak. Yoki muddatidan oldin pul yechish uchun omonatni yopish kerak. Lekin omonatni yopsangiz, to‘langan foizlar pastroq stavkada qayta hisoblanadi. Bu stavkalar TBC UZ ilovasidagi shartnoma va omonat shartlarida ko‘rsatilgan: Omonatingiz → "Boshqasi" → "Omonat shartlari".

Ha, lekin foiz stavkasi pasaytiriladi. Avval hisoblangan foizlar yangi stavka bo‘yicha qayta hisoblanib, farq omonat summasidan olib qolinadi.

 

Muddatli omonatni baribir yopmoqchi bo‘lsangiz: yopmoqchi bo‘lgan omonatingizni tanlang → "Boshqasi" → "Omonatni yopish".