TBC Visa Virtual dollar kartasi
Bankka borilmaydi. Depozit kerak emas
Bepul
chiqarib beramiz
Komissiyasiz
to'ldirasiz
Chet eldagi xaridlarni TBC Visa Virtual kartasi bilan onlayn to'lang
Kartani Uzcard va Humodan to'ldirasiz
TBC UZ va payme ilovalari orqali bir minutda
Kartani yo'qotib qo'ymaysiz
U doim TBC UZ ilovasida saqlanadi
Uydan turib chet eldan xarid qilasiz
Chiptalardan boshlab kiyim-kechakkacha
15 minutda tayyor bo'ladi
Kofe ichib olguningizcha karta ishga tushadi
Visa Virtual qanday ochiladi?
TBC UZ ilovasini yuklang
1-qadam
App Store yoki Google Play'dan yoki pastdagi QR kod orqali
Virtual Visa kartasini oching
2-qadam
Ilovaning asosiy ekranidan “Kartalar” bo'limiga kirasiz
Faollashishini kuting
3-qadam
Karta 15 daqiqada ishga tushadi va undan foydalanishni boshlaysiz
Karta mutlaqo bepul
Ilovaga kirib, ariza qoldiring. Kartani 3 kunda bepul yetkazib beramiz: Uyingizga yoki O'zbekistonning istalgan hududidagi qulay TBC nuqtasigacha
iOS va Android uchun ilovani yuklab oling
Ko‘p beriladigan savollarga javoblar
Bu mahalliy va xorijiy internet do‘konlarda xaridlarni to‘lash uchun dollar kartasi. Visa Virtual bilan TBC Bankda dollarda ochilgan muddatli omonatni to‘ldirish ham mumkin.
TBC UZ ilovasida "Kartani qo‘shish / buyurtma berish" tugmasini bosasiz va Visa Virtual kartasini tanlaysiz. Karta birdan chiqarib beriladi va 15 daqiqa ichida faollashadi. Hammasi tayyor bo‘lsa, sizga SMS keladi.
Kartani faqat TBC UZ ilovasida to‘ldirish mumkin: Visa Virtual kartasini tanlaysiz, "To‘ldirish" tugmasini bosasiz va keyingi ko‘rsatmalarga qarab ish tutasiz.
To‘ldirish uchun komissiya olinmaydi.
TBC Bankning o‘sha vaqtdagi bank kursi bo‘yicha. Aniq kursni:
- TBC UZ ilovasining "Valyutalar kursi" bo‘limida;
- yoki kartani to‘ldirganingizda summani kiritish paytida ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
Yo‘q, bank hech qachon kartaning to‘liq raqami, amal qilish muddati, shuningdek, ilovaga kirish uchun parollar yoki SMS kodlarni sizdan so‘ramaydi. Agar o‘zingiz TBC Bank texnik yordam bo‘limiga murojaat qilgan bo‘lsangiz, xodimimiz faqat kartaning oxirgi 4 ta raqamini so‘rashi mumkin.
Bu savolga javob berishdan oldin shunchaki eslatib o‘tmoqchimiz: Visa Virtual uchun xizmat haqi olinmaydi — kartadan foydalanmasangiz, uni bloklashingiz shart emas. U keyinchalik sizga kerak bo‘lishi mumkin.
Kartani baribir bloklamoqchi bo‘lsangiz, ilovamizning "Kartalar" bo‘limiga kiring, Visa Virtual → "Boshqalar" → "Kartani bloklash" tugmalarini bosing. Karta yana kerak bo‘lib qolsa, shu yerning o‘zida uni blokdan chiqarishingiz mumkin.
Yordam
Savolingiz bormi?
“Yordam” bo‘limida barcha javoblarni topasiz
TBC nuqtalari xaritasi
Yuzma-yuz muloqot qilmoqchimisiz?
TBC nuqtasiga keling — bank xizmatlarini tushuntiramiz va har qanday muammoni hal qilishda yordam beramiz