TBC Bankdan muddatli omonatlar
Siz dam olasiz, pullaringiz o‘zi ko‘payadi
Omonat muddati
3 oydan 24 oygacha
Yillik stavka
22% gacha
Minimal summa
100 000 so‘m

Nima uchun aynan TBC Omonat?
Bankka bormaysiz
TBC UZ ilovasida ochasiz va boshqarasiz
Foizlarni vaqtida olasiz
Har oy omonat ochilgan sanada
Pullaringiz sug‘urtalangan
Davlat himoyasi ostida
Kerak paytda foydalanasiz
Hatto dam olish va bayram kunlarida ham
O‘zingizga keraklisini tanlang
To'ldirilmaydigan omonat
Ikki yilgacha muddatga va eng yuqori foiz stavkasida — pulingiz bekor turmaydi
To‘ldiriladigan omonat
Moslashuvchan shartlar va qulay yechib olish imkoniyati — katta maqsadlarga ham, kundalik xarajatlarga ham mos keladi.
19,0%
yiliga
Agar siz
muddatga
va
miqdorni
104 684 932 UZS
TBC UZ ilovasida ariza berib, aniq foiz stavkasi va oylik to'lovni bilib oling
Hammasi uydan turib
TBC UZ ilovasini yuklab oling va telefoningizda omonat oching
iOS va Android uchun ilovani yuklab oling
Savollar va javoblar
Hech qanday. Shunchaki TBC UZ ilovasini yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting. Muddatli omonat ochish uchun:
- "Omonatlar" bo‘limini toping.
- "Omonat ochish" tugmasini bosing.
- "Muddatli omonatlar"ni tanlang.
- Omonat shartlarini maqsadingizga moslang va "Keyingisi" → "Ochish" tugmasini bosing.
Eslatma: 100 000 so‘mdan boshlab muddatli omonat ochish mumkin.
Ha, 13 oydan 24 oygacha bo‘lgan muddatga to‘ldiriladigan omonat ochsangiz bo‘ladi. Omonat ochish uchun minimal summa — 100 dollar.
Dollarda omonat ochish uchun: "Omonatlar" → "Omonat ochish" → "Muddatli omonatlar" bo‘limiga kiring va omonat valyutasini dollarga o‘zgartiring.
Foizlarni biz har kuni hisoblaymiz va bir oyda bir marta — omonat ochilgan sanada to‘lab beramiz. Hisob-kitob uchun omonatdagi kunlik minimal qoldiqdan foydalanamiz.
Omonat ochilgan sanada. Misol uchun, agar omonatni 14-mayda ochgan bo‘lsangiz, foizlar har oyning 14-sanasida kartangizga o‘tkaziladi.
15 ta:
- 10 ta muddatli omonat — so‘mda.
- 5 ta muddatli omonat — dollarda.
Bu omonat turiga bog‘liq:
- To‘ldiriladigan omonatda — 5 milliard so‘m;
- To‘ldirilmaydigan omonatda — 25 milliard so‘m;
- Dollardagi omonatda — 50 ming dollar.
Yo‘q, lekin kartani naqd pul bilan to‘ldirib, keyin TBC UZ ilovasida omonatga o‘tkazishingiz mumkin.
Omonatingizni tanlang → "Qoidalar" → "Avtomatik to‘ldirishni yoqish". Ochilgan ekranda summa, pul yechiladigan kartani va sanani — oy yoki hafta kunini ko‘rsating. "Saqlash" tugmasini bosing.
Avtomatik to‘ldirish summasi yoki kunini istalgan vaqtda o‘zgartirishingiz mumkin: Omonatni tanlang → "Qoidalar" → "O‘zgartirish".
Ha, TBC Bankda barcha omonatlar "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi qonun asosida davlat tomonidan sug‘urtalangan.Ya‘ni, mabodo sug‘urta hodisasi yuz bersa, davlat har qanday omonatingizdan 200 mln so‘mgacha bo‘lgan qismini qaytaradi, qolgan summani esa biz qoplab beramiz.
Ha, ikki shartga rioya qilsangiz, to‘ldiriladigan muddatli so‘m omonatidan pul yechishingiz mumkin:
— Omonat ochilganiga bir oy to‘lsin;
— Pul yechilgach, omonatda kamida 100 000 so‘m qolsin.
Boshqa muddatli omonatlardan pul yechib bo‘lmaydi — ularda pulni muddat oxirigacha saqlash kerak. Yoki muddatidan oldin pul yechish uchun omonatni yopish kerak. Lekin omonatni yopsangiz, to‘langan foizlar pastroq stavkada qayta hisoblanadi. Bu stavkalar TBC UZ ilovasidagi shartnoma va omonat shartlarida ko‘rsatilgan: Omonatingiz → "Boshqasi" → "Omonat shartlari".
Yordam
Savolingiz bormi?
“Yordam” bo‘limida barcha javoblarni topasiz
TBC nuqtalari xaritasi
Yuzma-yuz muloqot qilmoqchimisiz?
TBC nuqtasiga keling — bank xizmatlarini tushuntiramiz va har qanday muammoni hal qilishda yordam beramiz
TBC Bank muddatli omonatlari
Bu pulingizni uyda shunchaki turmasdan, har oy ishlashi va daromad keltirishiga imkon beradigan foydali odat. TBC Bank muddatli omonatlari sizga muhim hodisalar — katta xarid, sayohat yoki o‘ziga xos ahamiyatga ega voqea uchun pul yig‘ishga yordam beradi. Omonatni o‘zingizga moslashtiring va daromad TBC UZ ilovasidagi kartangiz yoki joriy hisobraqamingizga o‘tkaziladi.
TBC Bank muddatli omonatining afzalliklari
Omonatning asosiy afzalligi — uning moslashuvchanligi. Muddatni tanlab, to‘ldirish va yechib olish funksiyasini yoqib, shartlarni o‘zingizga moslab olishingiz mumkin. Kerak bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida turli shartlarga ega 10 tagacha muddatli omonat ochishingiz mumkin.
Yana bir afzallik — bankka bormasdan va telefon qilmasdan, omonatni to‘liq onlayn boshqarolasiz. TBC UZ ilovasida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
- istalgan vaqtda to‘ldirish va pul yechib olish;
- omonatlarni ochish va yopish;
- amaliyotlar tarixini ko‘rish;
- avtomatik to‘ldirishni yoqish;
- omonatlar uchun maqsad belgilash.
TBC Bankda muddatli omonatni to‘ldirish va undan pul yechish
TBC Bankning so‘mdagi muddatli omonatlari uch turda bo‘ladi:
- To‘ldirish va yechib olish imkoniyatisiz.
- To‘ldirish va yechib olish imkoniyatiga ega.
- To‘ldirish imkoniyatiga ega, lekin yechib olish imkoniyatisiz.
Omonat shartlarini faqat u ochilayotganda sozlash mumkin. Umumiy balans 5 mlrd so‘mdan oshmaguncha omonatni istalgan miqdorda to‘ldirishingiz mumkin. Omonat ochilganidan bir oy o‘tgach, unda 100 000 so‘m qoldirib, cheklanmagan summada pul yechib olish imkoniga ega bo‘lasiz.
Omonat muddati va uni muddatidan oldin yopish
Muddat pulning omonatda qancha vaqt saqlanishini ko‘rsatadi. Foiz stavkasi ham unga bog‘liq — odatda muddat qancha uzoq bo‘lsa, stavka ham shuncha katta bo‘ladi.
TBC Bankda muddatli omonatni 3, 6, 13 yoki 24 oyga ochish mumkin. Muddat tugagach, omonatni yopishingiz mumkin — hamma pul TBC UZ ilovasidagi siz tanlagan kartaga yoki joriy hisobraqamingizga o‘tkaziladi. Agar hech narsa qilmasangiz, omonat xuddi shuncha muddatga avtomatik uzaytiriladi.
Agar hamma summani olishingiz kerak bo‘lib, yechib olish funksiyasi yoqilmagan bo‘lsa, shunchaki omonatni yoping. Bunday holatda foiz stavkasi pasayishi mumkin va oldin to‘langan foizlar yangi stavka bo‘yicha qayta hisoblanadi.
Omonatning qaysi shartlarini tanlash kerak?
Shartlarni aniq maqsadingizga qarab tanlaganingiz yaxshi. Omonatlardan foydalanishda eng ko‘p uchraydigan uchta holat:
To‘ldirish va yechib olish imkoniyatisiz omonat. Agar sizda katta summadagi pul bo‘lsa va bu pul daromad keltirishini istasangiz, u sizga mos keladi. Pullaringiz bank omonatida saqlanadi, foizlar esa kartangizga o‘tkaziladi.
To‘ldirish imkoniyatiga ega omonat doimiy pul yig‘ish uchun mos keladi. O‘zingizga qulay muddatga omonat oching va uni muntazam to‘ldirib boring. Shunda jamg‘armalaringiz va ulardan keladigan daromadingiz ko‘payib boradi.
To‘ldirish va yechib olish imkoniyatiga ega omonat — katta xarid uchun pul yig‘ayotgan insonlar uchun yaxshi tanlov. Pul yechganingizda foizlar qayta hisoblanmaydi. Shuning uchun kerakli summani yig‘ib, uni yechib olishingiz mumkin. Omonat esa faqat minimal qoldiq — 100 000 so‘m qoldirsangiz yetarli.
TBC Bankda muddatli omonatni qanday ochish mumkin?
TBC UZ ilovasida ro‘yxatdan o‘ting, "Omonatlar" bo‘limiga kiring va muddatli omonatni tanlang. Summa va muddatni ko‘rsating, xohlasangiz yechib olish yoki to‘ldirish imkoniyatini yoqing. Omonat birdan ochiladi va foizlar birinchi kundan boshlab hisoblanadi.
Omonatni ochishdan avval umumiy va oylik daromadingizni oldindan hisoblab chiqishingiz mumkin. Buning uchun omonat tanlash sahifasidagi "Omonat kalkulyatori" knopkasini bosing. Muddatli omonat foizlarini har oyda, omonat ochilgan sanada kartangizga o‘tkazib beramiz.







