TBC Omonat — foydali odat
Pul yig‘ishni 1000 so‘mdan boshlang. Istalgan maqsad uchun

Ishonchli va kafolatlangan onlayn omonatlar
Omonatingiz to‘liq himoyalangan
200 mln so‘mgacha bo‘lgan qismi davlat fondi tomonidan sug‘urtalangan. Qolganini biz kafolatlaymiz
O‘zbekistonliklar bizga ishonishadi
2024-yilda TBC Omonatdagi mablag‘lar 4 200 000 000 000 so‘mdan oshdi
Shartlarimiz ochiq
Komissiyalarni yashirmaymiz, daromadingizni to‘lov kunida o‘tkazib beramiz
Muhim maqsadlar uchun muddatli omonat
Daromadingizni har oy kartaga yoki joriy hisobraqamga o‘tkazib beramiz
Muddati
3 oydan 24 oygacha
Stavkasi
22% gacha
Qisman pul yechish
100 000 so‘m qolguncha
Cheklovlarsiz jamg‘arma
Istalgan summa bilan boshlang — hatto 1000 so‘mingizdan daromad olasiz
Muddati
Cheklanmagan
Stavkasi
18%
Qisman pul yechish
Cheklanmagan
Акция
Выиграйте ставку 30% по вкладу
Пополняемый срочный вклад с повышенной процентной ставкой на срок до 13 месяцев
20,5%
yiliga
Agar siz
muddatga
va
miqdorni
105 167 123 UZS
TBC UZ ilovasida ariza berib, aniq foiz stavkasi va oylik to‘lovni bilib oling
Navbatlarsiz bank vaqtingizni tejaydi
TBC UZ ilovasini yuklab oling va shartlari o‘zingizga mos omonatni bir necha daqiqada oching
Yordam
Savolingiz bormi?
“Yordam” bo‘limida barcha javoblarni topasiz
TBC nuqtalari xaritasi
Yuzma-yuz muloqot qilmoqchimisiz?
TBC nuqtasiga keling — bank xizmatlarini tushuntiramiz va har qanday muammoni hal qilishda yordam beramiz
TBC Bankdan TBC Omonat
TBC Omonat — bu TBC UZ ilovasi orqali qulay boshqariladigan so‘m va dollardagi omonatlar. Omonatni boshqarish uchun internetga ulangan telefon va bank kartasi yetarli. Turli valyutalarda va moslashuvchan shartlarda bir necha turdagi omonatlarni tanlash mumkin. Olingan hamma foizlar kartaga yoki omonatning o‘ziga avtomatik o‘tkaziladi.
TBC Bankdagi omonat turlari
TBC Omonat uch turga bo‘linadi:
- “Odat” omonati;
- Dollardagi muddatli omonat;
- So‘mdagi muddatli omonat.
Odat omonati — sodda shartlar va belgilangan 17% stavkaga ega so‘mdagi muddatsiz omonat. Omonatni istalgan vaqtda, qayta hisob-kitobsiz va komissiyasiz to‘ldirish hamda undan pul yechish mumkin. Foizlar har kuni hisoblanadi va har oyda bir marta omonatga o‘tkaziladi.
So‘mdagi muddatli omonat — o‘zingizga qulay shartlarni tanlab, ochishingiz mumkin bo‘lgan moslashuvchan omonat. Uni 3 oydan 24 oygacha muddatga ochishingiz, xohlasangiz, to‘ldirish va qisman pul yechish imkoniyatini yoqib qo‘yishingiz mumkin.
Dollardagi muddatli omonat — faqat ochish vaqtida to‘ldirish mumkin bo‘lgan valyuta omonati. Omonatni 13, 18 va 24 oyga ochish mumkin. Foiz stavkalari ham muddatga bog‘liq va 5,5% dan 6,5% gacha bo‘ladi. Foizlar TBC Bankning Visa Virtual kartasiga o‘tkaziladi.
TBC Bankda omonat ochish uchun minimal talablar
18 yoshdan oshgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi omonat ochishi mumkin. Buning uchun TBC UZ ilovasida ro‘yxatdan o‘tish va omonat ochish uchun kerak bo‘lgan minimal summaga ega bo‘lish kerak.
TBC Bankda omonatni qanday ochish mumkin?
TBC Bankdagi har qanday omonat onlayn — ilovaning o‘zida ochiladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin asosiy ekrandagi "Omonatlar" bo‘limiga kiring, omonatni tanlang va o‘zingizga moslab sozlang.
"Odat" omonati muddatsiz va uning belgilangan stavkasi bor. Shuning uchun uni ochishda faqat nomini yozib, boshlang‘ich summani tanlasangiz yetarli.
Muddatli omonatning sozlamalari ko‘proq, shu sababli uni ochishda omonat valyutasini, muddatini, to‘ldirish va muddatidan oldin pul yechish shartlarini tanlashingiz kerak.
TBC Bankda omonatni to‘ldirish
Barcha TBC Omonatlar TBC UZ ilovasida va unga ulangan istalgan kartadan onlayn to‘ldiriladi. Buning uchun: kerakli omonatni tanlash, "To‘ldirish" knopkasini bosish, kartani ko‘rsatish va summani kiritish kerak. To‘ldirish uchun komissiya olinmaydi.
TBC Omonat bo‘yicha foizlarni hisoblash va o‘tkazish
Omonatlar bo‘yicha foizlar har kuni hisoblanadi va oyda bir marta o‘tkaziladi. "Odat" omonati bo‘yicha daromad har oyning birinchi sanasida, muddatli omonatlar bo‘yicha esa omonat ochilgan kunda hisobraqamga tushadi.
Maksimal omonatlar soni
Hamma pulingizni bitta omonatda saqlashingiz shart emas — turli maqsadlar va shartlar bilan bir nechta omonat ochishingiz mumkin. Umumiy:
- so‘mda 10 tagacha muddatli omonat;
- dollarda 5 tagacha muddatli omonat;
- 1 ta “Odat” omonati ochish imkoniga egasiz.
Dollardagi bitta omonatning maksimal summasi 50 000 AQSH dollaridan, so‘mdagi omonatning maksimal summasi esa 5 mlrd so‘mdan oshmasligi kerak.
Omonat kalkulyatori
Omonatlar kalkulyatori yordamida TBC Omonat bilan oladigan taxminiy daromadingizni oldindan hisoblab chiqishingiz mumkin. Kalkulyator saytimizning ushbu sahifasida va TBC UZ ilovasida. Siz omonat turi va muddatini tanlaysiz, summani kiritasiz va tizim muddat oxiridagi daromadingizni avtomatik hisoblaydi.
Omonatni yopish
Omonatni istalgan vaqtda yopishingiz mumkin. Barcha pullar TBC UZ ilovasidagi joriy hisobraqamingizga yoki TBC Bank kartasiga: dollardagi omonatlar uchun Visa, so‘mdagi omonatlar uchun Humo va Uzcard’ga o‘tkaziladi.
Agar omonat muddati tugashidan oldin yopilsa, foiz stavkasi o‘zgarishi mumkin:
- “Odat” omonatining stavkasi o‘zgarmaydi — uning aniq muddati yo‘q.
- So‘mdagi muddatli omonat bo‘yicha yangi stavka muddatga qarab 8% dan 15% gacha bo‘ladi.
- Dollardagi muddatli omonatda muddatidan qat’i nazar, stavka 3% ga tushadi.
Bu holatda ham pul joriy hisobraqamingizga yoki TBC kartangizga tushadi. Lekin avval hisoblangan foizlardan farqini ayirib, yangi stavka bo‘yicha qayta hisoblanadi.







