“Odat” omonati bo‘yicha mashhur savollar
TBC Bank "Odat" omonatisi bo‘yicha savol-javoblarni to‘pladik. “Odat” omonati — bu yillik 17% stavkali muddatsiz omonat. Undan cheklovsiz pul yechish mumkin — foizlar pastroq stavkada qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Siz izlagan savol bo‘lmasa, operatorlarimizdan so‘rang. Qo‘llab-quvvatlash markazimiz har kuni ishlaydi. Telefon: 1150
Hech qanday. Shunchaki TBC UZ ilovasini yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting. "Odat" omonatini ochish uchun:
- "Omonatlar" bo‘limini toping.
- "Omonat ochish" tugmasini bosing.
- "Odat" omonati"ni tanlang.
Har oyning 1-sanasida foizlar "Odat" omonatingizning o‘ziga avtomatik o‘tkaziladi.
Foizlarni biz har kuni hisoblaymiz va oyda bir marta — 1-sanada to‘lab beramiz. Hisob-kitob uchun "Odat" omonatidagi kunlik minimal qoldiqdan foydalanamiz — foizlar 1000 so‘mdan boshlab hisoblanadi.
Yo‘q, lekin kartani naqd pul bilan to‘ldirib, keyin TBC UZ ilovasida "Odat" omonatiga o‘tkazish mumkin.
Ha, TBC Bankda barcha omonatlar "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi qonun asosida davlat tomonidan sug‘urtalangan. Ya‘ni, agar bank mabodo yopilsa, omonatingizdan 200 mln so‘mgacha bo‘lgan qismini davlat qaytaradi, qolgan summani esa biz qoplab beramiz.
Ha, istalgan vaqtda xohlagan summani yecha olasiz.
Ha, "Odat" omonatini foizlarni yo‘qotmasdan muddatidan oldin yopish mumkin. Lekin uni yopish uchun sabab yo‘q, chunki "Odat" omonati — bu muddatsiz omonat. Ya’ni u istalgan vaqt davomida ochiq turishi mumkin. "Odat" omonatiga xizmat ko‘rsatish ham bepul. Hamma pulni yechmoqchi bo‘lsangiz ham, "Odat" omonatini yopish shart emas — pullarni shunchaki TBC Bank kartangizga yoki joriy hisobraqamingizga o‘tkazishingiz mumkin.
Lekin shunda ham "Odat" omonatini yopmoqchi bo‘lsangiz, mana yo‘riqnoma: "Omonatlar" bo‘limida "Odat" omonatingizni tanlang, "Boshqasi" va "Omonatni yopish" tugmalarini bosing. Omonatingizdagi barcha summani, shu jumladan, hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlarni ham TBC Bank kartangizga yoki joriy hisobraqamingizga o‘tkazib beramiz.
"Odat" omonatini tanlang → "Qoidalar" → "Avtomatik to‘ldirishni yoqish". Ochilgan ekranda summa, pul yechiladigan kartani va sanani — oy yoki hafta kunini ko‘rsating. "Saqlash" tugmasini bosing.
Avtomatik to‘ldirish summasi yoki kunini istalgan vaqtda o‘zgartirishingiz mumkin: "Odat" omonati” → "Qoidalar" → "O‘zgartirish".