“Odat” omonati
Qulay vaqtda to‘ldiring. Kerak paytda pul yeching
Muddati
cheklanmagan
Stavkasi
17%
Cheklovlarsiz
Pul yechish va to'ldirish mumkin

Qulay shartlarda onlayn omonat
TBC UZ ilovasida to‘ldiring va pul yeching
Qaytadan hisoblanmaydi va foizlarni yo‘qotmaysiz
Avtomatik kapitalizatsiya
Daromadni darhol omonatga o‘tkazamiz
Kafolatlangan sug‘urta
Davlat fondi tomonidan
Har qanday bank kartasidan pul o'tkazing
Summa bo‘yicha cheklovsiz va komissiyasiz
18,4%
Kapitalizatsiyali omonat stavkasi
Agar siz
Muddatli omonat
muddatga
va
miqdorni
120 012 029 UZS
TBC UZ ilovasida ariza berib, aniq foiz stavkasi va oylik to‘lovni bilib oling
Uydan turib “Odat” omonatini oching
TBC UZ ilovasini yuklab oling va omonatdagi pulingizni bankka bormasdan boshqaring
iOS va Android uchun ilovani yuklab oling
Ko‘p beriladigan savollarga javoblar
Hech qanday. Shunchaki TBC UZ ilovasini yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting. "Odat" omonatini ochish uchun:
- "Omonatlar" bo‘limini toping.
- "Omonat ochish" tugmasini bosing.
- "Odat" omonati"ni tanlang.
Har oyning 1-sanasida foizlar "Odat" omonatingizning o‘ziga avtomatik o‘tkaziladi.
Foizlarni biz har kuni hisoblaymiz va oyda bir marta — 1-sanada to‘lab beramiz. Hisob-kitob uchun "Odat" omonatidagi kunlik minimal qoldiqdan foydalanamiz — foizlar 1000 so‘mdan boshlab hisoblanadi.
Yo‘q, lekin kartani naqd pul bilan to‘ldirib, keyin TBC UZ ilovasida "Odat" omonatiga o‘tkazish mumkin.
Ha, TBC Bankda barcha omonatlar "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi qonun asosida davlat tomonidan sug‘urtalangan. Ya‘ni, agar bank mabodo yopilsa, omonatingizdan 200 mln so‘mgacha bo‘lgan qismini davlat qaytaradi, qolgan summani esa biz qoplab beramiz.
Ha, istalgan vaqtda xohlagan summani yecha olasiz.
Ha, "Odat" omonatini foizlarni yo‘qotmasdan muddatidan oldin yopish mumkin. Lekin uni yopish uchun sabab yo‘q, chunki "Odat" omonati — bu muddatsiz omonat. Ya’ni u istalgan vaqt davomida ochiq turishi mumkin. "Odat" omonatiga xizmat ko‘rsatish ham bepul. Hamma pulni yechmoqchi bo‘lsangiz ham, "Odat" omonatini yopish shart emas — pullarni shunchaki TBC Bank kartangizga yoki joriy hisobraqamingizga o‘tkazishingiz mumkin.
Lekin shunda ham "Odat" omonatini yopmoqchi bo‘lsangiz, mana yo‘riqnoma: "Omonatlar" bo‘limida "Odat" omonatingizni tanlang, "Boshqasi" va "Omonatni yopish" tugmalarini bosing. Omonatingizdagi barcha summani, shu jumladan, hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlarni ham TBC Bank kartangizga yoki joriy hisobraqamingizga o‘tkazib beramiz.
"Odat" omonatini tanlang → "Qoidalar" → "Avtomatik to‘ldirishni yoqish". Ochilgan ekranda summa, pul yechiladigan kartani va sanani — oy yoki hafta kunini ko‘rsating. "Saqlash" tugmasini bosing.
Avtomatik to‘ldirish summasi yoki kunini istalgan vaqtda o‘zgartirishingiz mumkin: "Odat" omonati” → "Qoidalar" → "O‘zgartirish".
Yordam
Savolingiz bormi?
“Yordam” bo‘limida barcha javoblarni topasiz
TBC nuqtalari xaritasi
Yuzma-yuz muloqot qilmoqchimisiz?
TBC nuqtasiga keling — bank xizmatlarini tushuntiramiz va har qanday muammoni hal qilishda yordam beramiz
TBC Bankning “Odat” omonati haqida ma’lumot va uning afzalliklari
Odat — TBC Bankning oddiy shartlarga ega va belgilangan foiz stavkali muddatsiz omonati. Pulni istalgan vaqtda, qayta hisob-kitobsiz, jarimasiz va komissiyasiz yechib olish mumkin. Omonat bankka bormasdan, TBC UZ ilovasida onlayn ochiladi.
“Odat” omonatini ochish shartlari
“Odat” omonatini TBC UZ ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan istalgan foydalanuvchi ochishi mumkin. Buning uchun bankka borish yoki hujjat to‘plash shart emas. TBC UZ ilovasida ro‘yxatdan o‘tib, "Omonatlar" bo‘limiga kiring va “Odat” omonatini tanlasangiz bo‘ldi. Omonatni ochish uchun eng kam summa 1000 so‘m. Ilovaga ulangan istalgan so‘mdagi kartadan omonatni to‘ldirish mumkin.
“Odat” omonatining boshqalardan farqi nimada?
Omonatning shartlari oddiy va tushunarli: pul omonatda saqlanayotgan muddat davomida siz foiz olasiz. Yagona cheklov — eng katta summa 200 mln so‘m. Omonatni bu limitdan ortiq summa bilan to‘ldirish mumkin emas.
Omonatni istalgan vaqtda to‘ldirish mumkin va u ochilishi bilan pulni yechib olish imkoni bor. Muddatli omonatlarda esa ochilgandan keyingi birinchi oyda yechib olishga cheklov qo‘yiladi.
Odat omonatini ochish va foiz hisoblash uchun minimal summa 1000 so‘m. TBC Bankning boshqa omonatlaridek Odat omonatida ham foizlar har kuni hisoblanadi va oyda bir marta — omonat ochilgan sanada to‘lanadi. Shuningdek, foizlarni avtomatik kapitallashtirish imkoniyati ham bor. Bunday holatda daromad darhol omonatga o‘tkaziladi. U yerdan omonatdagi pulni ulangan kartaga yechib olish yoki balansda qoldirish mumkin.
TBC Bankdan “Odat” omonati kalkulyatori
Omonatning daromadliligini oldindan bilish uchun kalkulyatordan foydalaning. Muddat, boshlang‘ich summa va xohlasangiz, oylik to‘ldiriladigan summani ko‘rsating — kalkulyator oylik daromadingizni avtomatik beradi. Kalkulyator TBC UZ ilovasida va TBC Bank saytining ushbu sahifasida bor.
“Odat” omonatni boshqarish
Omonat bilan bog‘liq barcha amallar TBC UZ ilovasida. Bu yerda siz shartlar va shartnoma bilan tanishishingiz, tranzaksiyalar tarixini ko‘rib chiqishingiz va maqsad qo‘yishingiz mumkin/ Ya’ni yig‘moqchi bo‘lgan summangizni belgilashingiz mumkin.
Omonatga pul qo‘yish va undan pul yechib olish ham onlayn bo‘ladi. Pul qo‘yishda kartani tanlang va summani ko‘rsating —pul darhol omonatga o‘tkaziladi. Yechib olish paytida summani kiriting va pulni o‘tkazish uchun kartani tanlang.
Agar kutilmaganda omonatni yopib, barcha foizlarni olishingiz kerak bo‘lib qolsa, buni ham TBC UZ ilovasida, bankka telefon qilmasdan va bormasdan bajarishingiz mumkin. Odat omonatini tanlab, "Boshqa" va "Omonatni yopish" knopkalarini bossangiz yetarli.
Odat omonati kimlarga mos keladi?
Odat omonati oddiy va qulay shartlarga ega bo‘lgani uchun hammaga mos keladi. Agar oldin omonat ochmagan bo‘lsangiz, “Odat” ularning qanday ishlashini tushunishga yordam beradi: omonatni to‘ldiring, pulni saqlang va kerak bo‘lganda yechib oling.
“Odat” omonatidan ma’lum maqsadlarga pul yig‘ish uchun qulay. Masalan, agar jamg‘armangizning asosiy qismi uchun muddatli omonatingiz bo‘lsa, “Odat”ni sayohat, remont yoki katta xaridga pul yig‘ish uchun ochishingiz mumkin.
Bugunoq “Odat” omonatini oching
Odat omonati bilan foyda keltiradigan pul yig‘ishni boshlang. Omonat ochish atigi bir necha daqiqa vaqt oladi. Omonatni bankka bormasdan, istalgan vaqtda boshqaring va har oyda daromad oling. TBC UZ ilovasida o‘zingizning “Odat” omonatingizni oching.





