Shrift hajmi:

Uzcard va Humo virtual kartalari haqida ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yerda TBC Bankning Humo va Uzcard virtual kartalari haqida eng ko‘p berilgan savollarga javoblarni to‘pladik. Bu oddiy bank kartalari, faqat telefonda. Ularni ham pul o‘tkazish va to‘lov qilish uchun ishlatishingiz mumkin.

Kerakli ma’lumotni topolmasangiz, istalgan vaqtda qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga telefon qiling — 1150

Xuddi oddiy plastik kartadek ishlatishingiz mumkin. Ya’ni:

  • Pul o‘tkazish;

  • To‘lovlar qilish;

  • Kreditlarni to‘lash;

  • Omonatlarni to‘ldirish;

  • Omonatlardan foiz olish;

  • QR kod orqali kassalarda to‘lov qilish imkoni bor.

Bittagina cheklov — bankomatdan naqd pul yecholmaysiz, chunki bu virtual karta. Naqd yechish uchun pulni Salom Card’ga o‘tkazib oling — oyiga 10 mln so‘mgacha komissiyasiz yechasiz. Bankomat komissiyasi yangi oyning 10-sanasigacha kartangizga qaytadi.

TBC UZ ilovasida "Kartalar" → "Kartani qo‘shish/buyurtma berish" tugmalarini bosing, keyin Humo yoki Uzcard’ni tanlang. Karta birdan chiqadi va 15 daqiqada faol bo‘ladi. Bu haqda sizga SMS yuboramiz.

Buning ikkita yo‘li bor.

 

Istalgan bank filialida. Shunchaki bank xodimiga mana shu ma’lumotlarni bering:

  • O‘tkazma uchun tranzit hisobraqam: 23116000000001180400.

  • MFO: 01180.

  • Karta raqami va FIO.

 

Agar kartani 16:00 gacha to‘ldirgan bo‘lsangiz, pul o‘sha kunning o‘zida kartangizga tushadi. Soat 16:00 dan keyin to‘ldirgan bo‘lsangiz, mablag‘larni ertasi kuni olasiz.

 

Paynet to‘lov terminallari va xizmat ko‘rsatish punktlarida. Virtual karta raqami va SMS kodni kiriting. Pul darhol kartaga tushadi.

Komissiya miqdori kartani chiqargan bankka bog‘liq:

  • TBC Bank kartalariga pul o‘tkazish — 0%.

  • Boshqa bank kartalariga — 1,5%.

Ha. Shunchaki payme’ga virtual Humo yoki Uzcard’ni qo‘shing va xaridlarni kassada payme go yoki QR kod orqali to‘lang.

Yo‘q, bank hech qachon kartaning to‘liq raqami, amal qilish muddati, shuningdek, ilovaga kirish uchun parollar yoki SMS kodlarni sizdan so‘ramaydi. Agar o‘zingiz TBC Bank texnik yordam bo‘limiga murojaat qilgan bo‘lsangiz, xodimimiz faqat kartaning oxirgi 4 ta raqamini so‘rashi mumkin.