Shrift hajmi:

Visa Virtual haqida eng ko‘p beriladigan savollar

Bu yerda TBC Bank Visa Virtual kartasi haqidagi eng ko‘p berilgan savollarga javob topasiz. Bu dollar kartasi bo‘lib, u bilan xorijiy do‘konlardagi xaridlar va xizmatlar uchun to‘lov qilishingiz mumkin.

 

Kerakli ma’lumotni topolmasangiz, istalgan vaqtda qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga telefon qiling — 1150

Bu mahalliy va xorijiy internet do‘konlarda xaridlarni to‘lash uchun dollar kartasi. Visa Virtual bilan TBC Bankda dollarda ochilgan muddatli omonatni to‘ldirish ham mumkin.

TBC UZ ilovasida "Kartani qo‘shish / buyurtma berish" tugmasini bosasiz va Visa Virtual kartasini tanlaysiz. Karta birdan chiqarib beriladi va 15 daqiqa ichida faollashadi. Hammasi tayyor bo‘lsa, sizga SMS keladi.

Kartani faqat TBC UZ ilovasida to‘ldirish mumkin: Visa Virtual kartasini tanlaysiz, "To‘ldirish" tugmasini bosasiz va keyingi ko‘rsatmalarga qarab ish tutasiz.

 

To‘ldirish uchun komissiya olinmaydi.

TBC Bankning o‘sha vaqtdagi bank kursi bo‘yicha. Aniq kursni:

  • TBC UZ ilovasining "Valyutalar kursi" bo‘limida;

  • yoki kartani to‘ldirganingizda summani kiritish paytida ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Yo‘q, bank hech qachon kartaning to‘liq raqami, amal qilish muddati, shuningdek, ilovaga kirish uchun parollar yoki SMS kodlarni sizdan so‘ramaydi. Agar o‘zingiz TBC Bank texnik yordam bo‘limiga murojaat qilgan bo‘lsangiz, xodimimiz faqat kartaning oxirgi 4 ta raqamini so‘rashi mumkin.

Bu savolga javob berishdan oldin shunchaki eslatib o‘tmoqchimiz: Visa Virtual uchun xizmat haqi olinmaydi — kartadan foydalanmasangiz, uni bloklashingiz shart emas. U keyinchalik sizga kerak bo‘lishi mumkin.

 

Kartani baribir bloklamoqchi bo‘lsangiz, ilovamizning "Kartalar" bo‘limiga kiring, Visa Virtual → "Boshqalar" → "Kartani bloklash" tugmalarini bosing. Karta yana kerak bo‘lib qolsa, shu yerning o‘zida uni blokdan chiqarishingiz mumkin.