Salom Card haqida eng ko‘p berilgan savollar
Bu yerda TBC Bankning foydali bonuslarga ega Salom Card plastik kartasi haqida eng ko‘p berilgan savollarga javob topasiz. Bu karta sizga 20% gacha keshbek, komissiyasiz pul o‘tkazish va kartada turgan 1000 so‘mdan ko‘p pul uchun yillik 12% bonus taqdim etadi. Shuningdek, 10 mln so‘mgacha naqd pul yechsangiz, komissiya qaytariladi.
Agar izlagan javobingizni topolmasangiz, qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga telefon qiling — operatorlarimiz dam olish kunlarisiz ishlashadi va savollaringizga javob berishadi. Telefon raqami: 1150
Salom Card’ni chiqarish
Bu juda oddiy:
- TBC UZ ilovasini yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting.
- Asosiy ekranda "Kartani qo‘shish/buyurtma berish" tugmasini, keyin "Salom Card" knopkasini bosing va o‘sha yerda yozilgan qadamlarni bajaring.
Karta tayyor bo‘lgach, uni O‘zbekistonning istalgan hududidagi sizga qulay bo‘lgan TBC nuqtasiga yetkazib beramiz. Toshkent va ro‘yxatdagi boshqa shaharlarda bo‘lsangiz, kartani uyingizgacha olib borib beramiz. Salom Card’ni olish uchun pasport yoki ID karta kerak bo‘ladi.
Kartani chiqarish, yetkazish va unga xizmat ko‘rsatish bepul.
Ha. TBC Bank plastik kartangizni qayta chiqarishga buyurtma bering — shunda havorang kartani o‘chirib, o‘rniga Salom Card’ni bepul chiqarib beramiz. Qayta chiqarish uchun:
- TBC UZ ilovasida istalgan kartangizni tanlang va TBC Bankning havorang plastik kartasidagi hamma pulingizni unga o‘tkazing.
- Keyin TBC Bank plastik kartasini tanlab, "Boshqalar" va "Kartani qayta chiqarish" tugmalarini bosing.
5 kun ichida yangi kartani chiqarib, siz tanlagan TBC nuqtasiga yoki Toshkent va ro‘yxatdagi boshqa shaharlarda uyingizgacha yetkazib beramiz. Qayta chiqarish va yetkazib berish bepul.
O‘zbekistonning quyidagi shaharlarida kartani uygacha olib boramiz:
- Toshkent;
- Buxoro;
- Urganch;
- Angren;
- Nurafshon;
- Bekobod;
- Olmaliq;
- Chirchiq;
- Qibray;
- Samarqand;
- Andijon;
- Namangan;
- Farg‘ona;
- Qarshi.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida sizga qulay bo‘lgan TBC nuqtasiga yetkazib beramiz.
Ariza berilganidan keyin besh kun ichida. Karta tayyor bo‘lishi bilan uni O‘zbekistonning istalgan hududiga siz tanlagan TBC nuqtasiga yetkazib beramiz. Toshkentda yoki ro‘yxatdagi boshqa shaharlarda bo‘lsangiz, uyingizgacha olib borib beramiz. Karta TBC nuqtasiga yetib kelganidan keyin sizga SMS yuboramiz. Agar uni kuryer yetkazib bersa, u sizga qulay vaqtni kelishib olish uchun oldindan telefon qiladi.
Kartani chiqarish ham, yetkazish ham bepul.
Salom Card kirim-chiqimlari
Ha, O‘zbekistondagi istalgan bankomatdan pul yecholasiz. Keyingi oyda 10 mln so‘mgacha yechgan pulingiz uchun komissiyani qaytaramiz.
TBC UZ ilovasidagi barcha pul o‘tkazmalari uchun 0%. Boshqa servis va ilovalarda pul o‘tkazsangiz, ularning tariflari bo‘yicha komissiya to‘laysiz.
Buning bir necha yo‘li bor:
- TBC UZ ilovasiga ulangan har qanday kartadan komissiyasiz pul o‘tkazishingiz mumkin.
- O‘zbekistondagi istalgan bankomatda naqd pul bilan to‘ldirsangiz bo‘ladi. Keyingi oyda komissiyani to‘liq qaytaramiz, summa bo‘yicha cheklov yo‘q.
- Paynet terminallarida to‘ldirishingiz mumkin: 2% komissiya olinadi, lekin uni keyingi oyda to‘liq qaytaramiz, summa bo‘yicha cheklov yo‘q.
Salom Card afzalliklari
Salom Card bonuslari:
- Kartada qolgan pul uchun yillik 12% daromad (1000 so‘mdan boshlab);
- Hamkor do‘konlar va servislarda xaridlar, jamoat transporti va taksi to‘lovlari uchun 20% gacha keshbek;
- TBC UZ ilovasida Salom Card’dan pul o‘tkazish komissiyasiz;
- Istalgan bankomatdan 10 mln so‘mgacha pul yechsangiz, komissiya qaytariladi.
Barcha bonuslarni keyingi oyda kartangizga avtomatik o‘tkazib beramiz.
Keyingi oyda boshqa bonuslar bilan birga keshbekni Salom Card’ga avtomatik o‘tkazib beramiz. Hamkorlarning to‘liq ro‘yxatini shu sahifada ko‘rishingiz mumkin.
Bu har kuni kartangizdagi pul uchun hisoblanadigan va keyingi oyda to‘lanadigan bonus. Uning summasi kartangizda turgan pulga bog‘liq.
Masalan, butun oy davomida kartangizda 1 000 000 so‘m bo‘lsa, keyingi oy boshida 10 000 so‘m bonus olasiz. Bir yilda bu 120 000 so‘mni bo‘ladi — ya’ni yillik 12%.
Kartada kamida 1000 so‘m bo‘lsa, har kuni bonus hisoblanadi. Dam olish va bayram kunlarida esa oxirgi ish kunidagi balans hisobga olinadi.
Salom Card haqida ma’lumot
Kartaga xizmat ko‘rsatish, chiqarish va yetkazib berish bepul.
5 yil. Agar kartaga zarar yetsa yoki yo‘qolsa, uni 100 ming so‘mga qayta chiqarishingiz mumkin. Qayta chiqarilgandan keyin uning amal qilish muddati yangi sanadan boshlanadi.
Barcha pullaringizni boshqa kartaga o‘tkazing, keyin Salom Card’ni qayta chiqaring. Buning uchun "Kartalar" → "Salom Card" → "Boshqalar" → "Kartani qayta chiqarish" tugmalarini bosing.
Muddatidan oldin kartani qayta chiqarish 100 ming so‘m, ammo uni yetkazib berish bepul.
TBC UZ ilovasida "Kartalar" → "Salom Card" → "Boshqalar" → "PIN kodni o‘zgartirish" tugmalarini bosing.
Shaxsiy ma’lumotlaringizga aloqador PIN kodlardan foydalanmaslikni tavsiya qilamiz. Shuningdek, 1111 yoki 1234 kabi oddiy kodlarni ham o‘rnatmang — jinoyatchilar ularni oson topib oladi.