Qizlar uchun ta’lim grantlari

"Kasb jinsni tanlamaydi" loyihasi doirasida - tadbirkorlik va STEM yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot olishni boshlash uchun.
 


 

Agar siz ingliz tilini yuqori darajada bilsangiz, sifatli ta’lim olishga va biznes, texnologiya yoki ilm-fan sohasida karyera qurishga intilayotgan bo‘lsangiz, bu sizning imkoniyatingizdir.
 

TBC Bank tadbirkorlik yoki STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) yo‘nalishlari bo‘yicha to‘rtta hamkor universitetdan birida bakalavriatning birinchi kursida yoki tayyorlov kursida (Foundation Year) o‘qishni rejalashtirgan qizlar uchun ta’lim grantlarini olish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilmoqda.
 

Tanlov natijalariga ko‘ra, yetti nafar g‘olib qiz 2025-2026 o‘quv yilida shartnoma asosida ta’lim olishning birinchi yili uchun to‘liq moliyalashtirishga ega bo‘ladi.
 

Grantlar O‘zbekistonning bir qator yetakchi xususiy universitetlari bilan hamkorlikda taqdim etilmoqda:

  1. American University of Technologies (AUT)
  2. IT Park University
  3. TEAM University
  4. Amity University in Tashkent

"Kasb jins tanlamaydi" stipendiya dasturi haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Kelajak bugun yaratilmoqda. Uni ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lgan insonlar yaratishmoqda.
 

YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi barcha tadqiqotchilarning 30 foizidan kamrog‘ini ayollar tashkil etadi va talaba qizlarning atigi 30 foizga yaqini o‘qish uchun fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) bilan bog‘liq yo‘nalishlarni tanlaydi.
 

Ayniqsa, ayrim sohalarda qizlarning ishtiroki juda past darajada qolmoqda: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bor-yo‘g‘i 3 foiz, tabiiy fanlar, matematika va statistika yo‘nalishida 5 foiz, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish sohalarida esa 8 foiz talaba qizlar ta’lim olmoqda.
 

Global Gender Gap Report 2025 hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistondagi talabalarning 54,3 foizdan ortig‘ini qizlar tashkil etadi. Biroq STEM sohalarida ularning ulushi atigi 17,5 foizga teng.
 

Biznes va tadbirkorlik sohalarida ayollar, yosh ayollar orasida qiziqish va iste’dod ortib borayotganiga qaramay, sarmoya, murabbiylik va rahbarlikka cheklangan imkoniyatga ega bo‘lmoqdalar.
 

Biz birgalikda bartaraf eta oladigan to‘siqlar tufayli yuz minglab qizlarning salohiyati ro‘yobga chiqmay qolmoqda.
 

Ayollarning STEM va tadbirkorlik sohalarida ta’lim olish, kasbiy tayyorgarlik va ish bilan ta’minlanish imkoniyatlarini kengaytirish nafaqat gender tengligiga erishishga hissa qo‘shadi, balki ilmiy va moliyaviy natijalarga ham bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayollarning ishtiroki g‘oyalar, yechimlar va yondashuvlar doirasini kengaytiradi, innovatsiyalarni rag‘batlantiradi hamda jamoalarni mustahkamlaydi.

Grant olish uchun tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin - asosiy talablar

Tanlovda ishtirok etishga quyidagi qizlarga ruxsat beriladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
     
     
  • 2025-2025 o‘quv yilida hamkor universitetlardan birida bakalavriat yoki tayyorlov kursida (Foundation Year) ta’lim olishni boshlashga tayyor bo‘lishi;

     
  • 2024-2025 o‘quv yili uchun o‘rtacha yillik baholash ko‘rsatkichi (GPA) 4.0 dan past bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestatga ega bo‘lishi;

     
  • Umumiy bali (overall band score) 7.0 va undan yuqori bo‘lgan IELTS sertifikatiga ega bo‘lishi (IT Park University va TEAM University uchun IELTS o‘rniga ushbu universitetlarning ichki imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirish ham inobatga olinishi mumkin);

     
  • Tanlangan sohaga faol qiziqish namoyon etishi (olimpiadalar, loyihalar, tanlovlarda ishtirok etish va hokazo);

     
  • Tadbirkorlik, texnologiya va/yoki innovatsiyalar sohasida karyera qurishga intilishadi.

     
  • Boshqa teng sharoitlarda imkoniyati cheklangan nomzodlarga afzallik berilishi mumkin.
     

Quyidagilar tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi:

  • TBC va hamkor universitetlarning xodimlari hamda ularning yaqin qarindoshlari;
     
  • Boshqa tashkilotlardan o‘qish uchun to‘liq moliyaviy yordam olayotgan shaxslar.
     

Grantlar tanlovida qanday ishtirok etish mumkin?

"Kasb jinsni tanlamaydi" dasturi doirasida ta’lim granti olish uchun o‘tkaziladigan tanlovda qatnashish uchun nomzod yuqorida keltirilgan to‘rtta hamkor universitetdan biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujjat topshirishi kerak. Har bir ishtirokchi faqat bitta universitetni tanlash huquqiga ega bo‘lib, ushbu oliy o‘quv yurti tomonidan belgilangan qabul qilish tartib-qoidalariga amal qilishi shart.

1-qadam.

Tanlangan universitetga qabul qilish talablari bilan tanishing va zarur hujjatlarni tayyorlang, jumladan:
 

  • universitetga kirish uchun hujjatlar to‘plami (universitet talablariga binoan),
     
  • umumiy bali 7.0 va undan yuqori bo‘lgan IELTS sertifikati (AUT, IT Park University va TEAM University uchun IELTS o‘rniga ushbu universitetlarning ichki imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirish ham inobatga olinishi mumkin),
     
  • grant uchun to‘ldirilgan ariza (ariza shakli tanlangan universitetda beriladi).
     

2-qadam

Barcha hujjatlarni tanlagan universitetingizga 2025-yil 13-avgustgacha topshiring.

3-qadam

Yuzma-yuz suhbat va/yoki ijodiy imtihonni o‘z ichiga olgan tanlov saralovidan o‘ting.

Tanlov saralovini kim o‘tkazadi?

Grant olish uchun tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda hujjatlar asosiy talablarga muvofiqligini tekshirish amalga oshiriladi (yuqorida ko‘rsatilgan). Ikkinchi bosqichda tanlov hay’atining faxriy a’zolari sifatida tanlangan universitet vakillari, shuningdek, quyidagi tashkilotlarning vakillari ishtirok etadi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
  2. Osiyo taraqqiyot banki
  3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)
  4. BMTning "Ayollar" tuzilmasi (UN Women)

Tanlov jarayonini o‘tkazish tartibi haqida batafsil ma’lumot olish uchun Dastur doirasida grantlar ajratish to‘g‘risidagi nizom bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

O‘quv dasturlari va o‘qishga hujjat topshirish jarayoni bilan bog‘liq savollarga javob olish uchun siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zingiz tanlagan universitetga murojaat qilishingiz mumkin. Buning uchun universitetlarning rasmiy veb-saytlarida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlaridan foydalaning:

  • Dastur haqidagi boshqa savollaringizni elektron pochta manziliga xat yuborish orqali tashkilotchilarga murojaat qilishingiz mumkin: grants@tbcbank.uz