Salom Card bonuslarini qanday olish
Nataly Fein
13 August∙3 daqiqalik o‘qish
Salom Card — bu kredit karta emas, oddiy debet karta. Ammo u bilan nafaqat xarid qilasiz, balki daromad ham topasiz. Faqat kundalik foydalanishda ham sizga foyda keltiradi.
Har oyda — qoldiq uchun foizlar
Bank Salom Card kartasi qoldig‘iga kunlik 12% yillik foiz hisoblaydi va keyingi oyning boshida umumiy summani kartaga o‘tkazadi.
Ish haqi, nafaqa yoki qo‘shimcha daromadlaringizni Salom Card’ga o‘tkazing va ulardan ham foiz oling. Kartada qancha ko‘p mablag‘ bo‘lsa, shuncha ko‘p foyda ko‘rasiz.
Xaridlar uchun 5% keshbek
Bank hamkorlarida Salom Card bilan to‘lov qiling va xarid summasining 5 foizini qaytarib oling. Keshbek ommabop xizmatlarda ishlaydi: pitsa, yetkazib berish xizmati, transport va boshqalar.
Bank barcha xaridlaringiz uchun bonuslarni jamlaydi va keyingi oyning boshida keshbekning umumiy summasini kartangizga o‘tkazadi.
TBC UZ ilovasidagi o‘tkazmalar uchun 0% komissiya
TBC UZ ilovasi orqali Salom Card’dan boshqa kartalarga pul o‘tkazish bepul. 10 million so‘mgacha naqd pul yechsangiz, keyingi oy boshida bank komissiyani qaytaradi.
Boshqa bankomatlardan bepul to‘ldirish
Kartani boshqa bank bankomatida to‘ldirsangiz ham, olingan komissiya sizga qaytariladi. Demak, to‘ldirish siz uchun bepul bo‘ladi.