Bank nima uchun kreditni rad etadi
Nataly Fein
8 September∙4 daqiqalik o‘qish
Sizga pul zarur bo‘lib qoldi. Kredit olmoqchi edingiz, lekin bank rad etdi. Juda noqulay holat. O‘zi nima uchun kredit rad etiladi? Bankdan ijobiy javob olish uchun nima qilish kerak? Keling, ko‘rib chiqamiz.
Kreditni tasdiqlash yoki rad etish haqida kim qaror qiladi?
Kreditni tasdiqlash yoki rad etish haqidagi qarorni skoring — qarz oluvchini baholashning avtomatik tizimi qabul qiladi. U mijozning moliyaviy ahvolini tahlil qiladi va to‘plangan ma’lumotlar asosida uning to‘lov qobiliyatini — kreditni to‘lay oladimi-yo‘qmi hisoblab chiqadi. Bank xodimlari natijaga ta’sir o‘tkazolmaydi — qaror faqat tizimga bog‘liq.
Bu baholash turli omillarga bog‘liq. Ular bir necha o‘nlab bo‘lishi mumkin. Masalan, ish joyi, daromad, kredit tarixi. Mana asosiy sabablar.
Yosh mos kelmasligi
O‘zbekiston fuqarolari 18 yoshdan boshlab kredit olish huquqiga ega. Ammo banklar qarz oluvchilar uchun o‘zlarining yosh chegaralarini o‘rnatishlari ham mumkin. Odatda bu ma’lumotlar bank saytida ko‘rsatiladi yoki uni maslahatchilar biladi. Masalan, TBC Bankda 22 yoshdan 60 yoshgacha kredit olish mumkin.
Boshqa davlat fuqaroligi
Ba’zi banklar yoki mikromoliyaviy tashkilotlar chet el fuqarolariga ham kredit beradi, ammo ko‘p hollarda kreditni tasdiqlash uchun fuqarolik talab qilinadi. Shuning uchun, fuqaroligingiz bo‘lmasa, rad javobini olishingiz mumkin.
Rasmiy ish joyining yo‘qligi
Bank rasmiy daromadga ega bo‘lmagan kishini ishsiz deb hisoblaydi. Bunday odamga kredit berish qaltis qaror — u kreditni qaytarolmasligi mumkin. Shuning uchun doimiy daromadga ega rasmiy ish joyi — skoringda asosiy shartlardan biri.
Rasmiy ish joyi biror kompaniyaning tarkibida bo‘lishi shart emas. Siz o‘zingizni o‘zingiz ish bilan ta’minlashingiz ham mumkin va bu qonuniy faoliyat hisoblanadi. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida siz qonuniy daromad olasiz va soliq to‘laysiz, shuning uchun bank o‘zini o‘zi band qilgan insonlarni ham rasmiy ishga ega deb hisoblaydi.
Ba’zi banklar rasmiy ish joyisiz ham kredit beradi, lekin qisqa muddatga va kattaroq foiz stavkasida.
Yomon kredit tarixi
Qarz yoki kredit olganingizda, kredit tarixingiz shakllanadi. U KATMda saqlanadi. KATM kredit tarixida barcha to‘lovlaringiz, kechikishlar yoki qarzdorliklar aks ettiriladi. Kredit tarixi — bu moliyaviy obro‘yingiz.
Skoring paytida bank KATMdan moliyaviy tarixingiz haqidagi ma’lumotlarni oladi. Agar sizda kreditlar bo‘yicha kechikishlar yoki to‘lanmagan qarzlar bo‘lsa, bank yangi kredit berishni rad etishi mumkin.
Kredit tarixingizni Davlat xizmatlari portali yoki KATM orqali bilib olishingiz mumkin. Yiliga bir marta bepul, agar tarixni tez-tez so‘rasangiz, to‘lov evaziga olasiz.
Yuqori qarzdorlik darajasi
Kredit tarixingiz orqali bank sizdagi kreditlar yoki qarzlarni va ular bo‘yicha har oyda qancha to‘layotganingizni ko‘radi. Bu — sizning qarz yukingiz. Agar sizga yana kredit berilsa, qarz yukingiz oshadi.
Bank daromadingizni qarz yuki bilan taqqoslab, kredit oylik to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lay olishingizni baholaydi. Odatda qarz yuki daromadingizning 40-50 foizidan oshmasligi kerak. Agar u ko‘proq bo‘lsa, bank kreditni rad etadi yoki boshqa shartlarda kredit taklif qiladi.
Kredit rad etilganda nima qilish kerak?
Rad javobi — hammasi tamom degani emas. 30 kundan keyin qaytadan kredit olishga ariza berishingiz mumkin. Bu barcha banklardagi odatiy muddat. Shu vaqt ichida biz aytib o‘tgan asosiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashga harakat qiling, shunda kredit olish imkoniyatingiz ortadi.
Pul shoshilinch kerak bo‘lsa, nima qilish kerak?
TBC Bankda 100 mln so‘mgacha kreditni qisqa vaqtda rasmiylashtirib, pulni darhol kartangizga olishingiz mumkin. Bankka borish shart emas — arizani ilovada to‘ldirasiz, javobi 1 minutda chiqadi. Pul darrov TBC Bankdagi joriy hisobraqamingizga tushadi. Boshqa bank kartalariga kredit olish imkoni yo‘q. Lekin pul tushgach, uni darhol boshqa hisobraqamga o‘tkazishingiz mumkin bo‘ladi.
Kredit olish uchun faqat pasport kerak xolos — boshqa hujjatlar talab qilinmaydi.
Kommunal xizmatlar, soliqlar, jarimalar yoki aliment bo‘yicha qarzlar mavjud
To‘lanmagan jarimalar, soliqlar, alimentlar yoki kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik bank uchun mijozning moliyaviy muammolari borligini anglatadi. Bank tavakkal qilmaydi va to‘lovga qobiliyatsiz mijozga kredit bermaydi.
So‘rovnomadagi noto‘g‘ri ma’lumotlar
Ba’zida odam o‘zi va moliyaviy ahvoli haqida yolg‘on ma’lumot beradi. Bunday qilish to‘g‘ri emas — bank baribir ma’lumotlarni tekshiradi va yolg‘on aniqlansa, kreditni rad etadi.
Odatda bitta salbiy omil kreditni rad etishga sabab bo‘lmaydi — bank kredit berish haqidagi qarorni o‘nlab ko‘rsatkichlar yig‘indisi asosida qabul qiladi. Asosiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash orqali kreditni ma’qullash imkoniyatini oshirish mumkin.
Kredit olish imkoniyatini qanday oshirish mumkin?
Agar sizga kredit ma’qullanmasa, demak, asosiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashingiz kerak.
KATMda kredit tarixingizni tekshiring. Kredit reytingingiz past bo‘lsa, uni ko‘tarish kerak. Shunda skoring sizni to‘lovga layoqatli mijoz sifatida baholaydi, bank sizga kredit beradi.
Qarzlarni to‘lang. Agar jarimalar, soliqlar, aliment va kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlaringiz bo‘lsa, ularni to‘lab qo‘ying.
Qarz yukingizni hisoblang. Kreditlar, qarzlar va kredit kartalari bo‘yicha barcha to‘lovlarning umumiy summasini hisoblab chiqing, unga olmoqchi bo‘lgan kreditingiz bo‘yicha oylik to‘lovni qo‘shing.
O‘rtacha oylik daromadingizni bu summaga bo‘ling. Agar natija 50% dan kam bo‘lsa, sizga kredit berilishiga imkon bor. Agar ko‘proq bo‘lsa, ba’zi qarzlar yoki kreditlarni yopishga harakat qiling, keyin kredit olish uchun yana ariza yuboring.
Barcha daromadlaringizni ko‘rsating. Agar maoshingiz kam bo‘lsa-yu, lekin qo‘shimcha norasmiy daromad olayotgan bo‘lsangiz — buni ko‘rsating. Ish beruvchidan qo‘shimcha daromad haqida ma’lumotnoma oling yoki boshqa moliyaviy tashkilotlardan olingan daromadlar haqidagi bank ko‘chirmalarini taqdim eting. Shunda bank to‘lov qobiliyatingizni aniqroq baholab, kredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
TBC Bankda hech qanday ma’lumotnoma taqdim etish shart emas. Bank ilovasida siz pul olayotgan boshqa banklarning kartalarini qo‘shsangiz bo‘ldi — skoringda faqat rasmiy emas, balki umumiy daromadingiz ham hisobga olinadi. Shuning uchun TBC Bankda rasman hech qayerda ishlamaydigan, lekin daromad oladigan inson ham kredit olishi mumkin. Shuningdek, o‘qiydigan va bo‘sh vaqtida ishlaydigan talaba ham, yoki hali kredit tarixiga ega bo‘lmagan odam ham kredit olish imkoniga ega.
Kredit rad etilganda nima qilish kerak?
Rad javobi — hammasi tamom degani emas. 30 kundan keyin qaytadan kredit olishga ariza berishingiz mumkin. Bu barcha banklardagi odatiy muddat. Shu vaqt ichida biz aytib o‘tgan asosiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashga harakat qiling, shunda kredit olish imkoniyatingiz ortadi.
Pul shoshilinch kerak bo‘lsa, nima qilish kerak?
TBC Bankda 100 mln so‘mgacha kreditni qisqa vaqtda rasmiylashtirib, pulni darhol kartangizga olishingiz mumkin. Bankka borish shart emas — arizani ilovada to‘ldirasiz, javobi 1 minutda chiqadi. Pul darrov TBC Bankdagi joriy hisobraqamingizga tushadi. Boshqa bank kartalariga kredit olish imkoni yo‘q. Lekin pul tushgach, uni darhol boshqa hisobraqamga o‘tkazishingiz mumkin bo‘ladi.
Kredit olish uchun faqat pasport kerak xolos — boshqa hujjatlar talab qilinmaydi.
Onlayn kredit olish