Jamg‘arish haqida

Bolani pul bilan muomalaga qanday o‘rgatish kerak?

Nataly Fein

15 August3 daqiqalik o‘qish

Pul jamg‘arish — bu nafaqat kattalar, balki bolalar uchun ham juda foydali ko‘nikma. Biz bolalarga pul yig‘ishni o‘rgatish va bu jarayonni qiziqarli qilish uchun bir nechta oddiy va o‘yin tarzidagi usullarni jamladik. Yana bir yaxshi g‘oya — farzandingiz bilan birgalikda omonat ochish. Shunda siz orzularingizga birga yetasiz. TBC UZ ilovasida buni bir necha daqiqada, navbat kutmasdan va bankka bormasdan amalga oshirish mumkin.

Orzuga jamg‘aring

Ma’lum bir maqsad bo‘lsa, pul yig‘ish qiziqarliroq bo‘ladi. Farzandingiz bilan birga orzu qilgan narsasi uchun — masalan, o‘yinchoq yoki yangi telefon — alohida jamg’arma qutichasidan foydalaning. Kassa yoki bankaga shu narsaning rasmini yopishtirib qo‘ying va yig‘ilgan summani belgilab boring. Istasangiz, telefon ilovasi yoki oddiy daftar orqali ham kuzatishingiz mumkin.

Bonus qo‘shib boring

Bonusli jamg’arma qutisini qiling: har bir summaga bolaning o‘zi ajratgan pulni qo‘shing. Masalan, bola 10 000 so‘m qo‘shdi, siz ustiga yana 5 000 qo‘shasiz. Shunda jamg’arish ishtiyoqi va istagi paydo bo‘ladi, bola esa omonat bo‘yicha bank foizlari qanday ishlashini tushuna boshlaydi.

“Tangalar kuni” o‘yini

Haftada bir kun kutilmagan “pul o‘yini” qiling: kubik oting va chiqqan raqamga mos miqdorni jamg‘armaga qo‘ying. Masalan, 3 chiqsa — 3 000, 30 000 yoki hatto 300 000 so‘m. Qoidani oldindan kelishib oling. Bu jarayonni qiziqarli qiladi va muntazam yig‘ishga o‘rgatadi.

Foydali ishlar uchun rag’batlantiring

Birgalikda foydali odatlarni ro‘yxatini tuzing va ular uchun jamg‘armaga pul qo‘ying. Masalan, bir kitobni to‘liq o‘qib bo‘lsa — 100 000 so‘m. Shunday qilib, bola foydali ishlarni ham o‘rganadi, pul yig‘adi ham.

Chellenj qiling

Har hafta bitta tejamkorlik usulini tanlang. Masalan, shu hafta shirinlik olmaslik yoki kafega bormaslik. Haftaning oxirida tejalgan pulni jamg‘armaga qo‘ying. Keyin birga o‘tirib, “ortiqcha” narsalardan voz kechish qanday qilib orzularimizga tezroq yetkazishini muhokama qiling.