Moliyaviy yostiqcha nima uchun kerak?
Nataly Fein
2 September∙3 daqiqalik o‘qish
Moliyaviy yostiqcha kutilmagan vaziyatlarda pul haqida tashvishlanmaslikka yordam beradi. Endi biz uning qanday bo‘lishi, qachon ishlatish va qayerda saqlash kerakligini aniqladik.
Moliyaviy yostiqcha o’zi nima?
Moliyaviy yostiqcha — bu kutilmagan holatlarga tayyor turish uchun yig‘ilgan pul. Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin: ish yo‘qolishi, kasallik, shoshilinch xarajatlar. Yostiqchangiz bo‘lsa, vahimaga tushmasdan, xotirjam yechim topasiz.
Yostiqchada qancha pul bo‘lishi kerak?
Eng kamida — uch oylik xarajatingiz. Bir oyda qancha sarflashingizni aniqlang va uchga ko‘paytiring. Kundalik odatlaringiz — qahvaxona yoki sport zali — hammasini kiriting.
Yostiqchani nimaga saflash mumkin?
Zaxirani faqat favqulodda vaziyatlarda ishlatish mumkin. Masalan, kasal bo‘lib qolsangiz, oyliksiz qolsangiz, zudlik bilan mashinani tuzatish kerak bo‘lsa ishlatish mumkin
Yostiqchani nimalarga sarflash mumkin emas?
Kundalik ehtiyojlar, ko‘ngilxushlik uchun xaridlar yoki to‘satdan paydo bo‘ladigan istaklar uchun sarflamaslik kerak. Agar, chegirmada turgan chiroyli krossovkani yoki chet elga “arzon” turni ko‘rsangiz — bu zaxiradan pul sarflash uchun bahona emas.
Yostiqchani qayerda saqlamaslik kerak?
Uyda pul saqlash xavfsiz emas: uy o‘g’irliklari ko‘p uchraydigan hodisa, shuningdek yoningizdagi pulni sarflash istagi ham paydo bo‘ladi. Lekin, eng muhimi — pul qadrsizlanadi. Yil davomida inflyatsiya tufayli taxminan 10% yo‘qotish mumkin.
Yostiqchani omonatda saqlang
Omonatda pul xavfsiz saqlanadi, summa esa foizlar hisobiga o‘sib boradi — masalan, TBC Bankda siz, yillik 22 foizgacha daromad olishingiz mumkin. Agar istalgan vaqtda pul yechib olish mumkin bo‘lgan "Odat" omonatini ochsangiz, TBC Bank stavkasi yillik 17 foizni tashkil etadi.