ATB "TBC BANK" (keyingi o’rinlarda – bank) o‘z faoliyatini halollik, professionallik va axloqiy me’yorlar tamoyillariga rioya qilgan holda olib borishga intilayotganligi sababli anonim xabarlar uchun onlayn-shakl joriy etildi, u orqali siz bank yoki uning sho‘ba korxonalari xodimlari bilan bog‘liq insidentlar to‘g‘risida onlayn tarzda ma’lumotlarni taqdim etishingiz mumkin bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
- Firibgarlik, korrupsion yoki pul yuvish sxemalarida ishtirok etish;
- Kompaniyaning ichki siyosati, qoidalari yoki ko'rsatmalarining buzilishi;
- Xodimlarga nisbatan diskriminatsiya;
- Manfaatlar to'qnashuviga e'tibor bermaslik;
- Jinoiy huquqbuzarliklar (o'g'irlik/talonchilik, hujjatlarni qalbakilashtirish kabi);
- Bankning manfaatlarini xavf ostiga qo'yadigan, moliyaviy yoki obro'siga putur yetkazadigan va/yoki bank xodimlaridan birining ish jarayonini murakkablashtiradigan har qanday nomaqbul xatti-harakatlar.
Quyidagi himoyalangan Jot form veb-sahifa orqali ma'lumotni anonim tarzda yuborishingiz mumkin.
Esda tutingki, anonim shakl xizmat sifati, mahsulot holati yoki texnik kamchiliklarga oid shikoyatlar uchun mo‘ljallanmagan.
Anonim shaklga qo'shimcha ravishda bankda insidentlar haqida xabar berish uchun quyidagi kanallar mavjud:
- Elektron pochta: incident_compliance@tbcbank.uz;
Tez beriladigan savollar
Bankdagi anonim shakl bank yoki uning sho‘ba korxonalarida sodir bo‘lgan insidentlar haqida ma’lumot/tashvish/asosli shubhalarga ega bo‘lgan, lekin bu haqida boshqa kanallar orqali xabar berishdan bosh tortayotgan har bir kishi uchun mo‘ljallangan.
"Anonim xabarlar uchun onlayn-shakl" tugmasini bosish orqali siz himoyalangan veb-shaklga yo'naltirilasiz, u yerda bank insidentni tahlil qilishi uchun iloji boricha batafsil ma'lumotni taqdim etishingiz so'raladi.
Onlayn shaklda elektron pochta manzilingizni ko'rsatmasligingiz mumkin, ammo uni ko’rsatish bank qo'shimcha ma'lumot yoki tushuntirish olish maqsadida siz bilan bog'lanishi uchun afzalroqdir. Anonim qolish istagingizni hisobga olgan holda, sizni aniqlashimizga imkon bermaydigan elektron pochta manzilini ko'rsatishingiz mumkin.
Agar mavjud bo'lsa, tasdiqlovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati ham mavjud.
Anonim shaklga qo'shimcha ravishda insident haqida xabar berishning quyidagi usullari mavjud:
Elektron pochta manzili orqali: incident_compliance@tbcbank.uz;
Anonim xabarlar uchun shakl ichki protokol (IP) manzillarini o'z ichiga olgan jurnallarni yaratmaydi yoki saqlamaydi.
ATB "TBC BANK" anonim shakl orqali kelgan shaxsi aniqlangan va anonim xabarlarni maxfiy ravishda qayta ishlaydi va agar qonun talab qilmasa, ma'lumotlaringizni hech kimga oshkor qilmaydi.
Anonim shakl axloqsiz, noqonuniy, haqoratli xatti-harakatlar va shu bilan birga firibgarlik, qalbakilashtirish, korrupsiya, kamsitish, nomaqbul xatti-harakatlarning har qanday turi bilan bog'liq insidentlar haqida xabar berish uchun mo'ljallangan bo'lib, bunday nomaqbul xatti-harakatlar quyidagilarni o'z ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi:
- Bank uchun salbiy moliyaviy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan xodimlarning noto'g'ri xatti-harakatlari;
- Axborotni qasddan soxtalashtirish yoki o'zgartirish;
- Xodimning o'z vakolatlari va majburiyatlarini shaxsiy manfaat yoki uchinchi shaxslar manfaati uchun suiiste'mol qilishi;
- Xodimlarni kamsitish;
- Manfaatlar to'qnashuviga e'tibor bermaslik;
- Maxfiy ma’lumotlarni ichki va qonun normalarini buzgan holda uchinchi shaxslarga oshkor qilish;
- Ichki ma'lumotlar asosida bank qimmatli qog'ozlari bilan savdo qilish;
- Bank manfaatlarini xavf ostiga qo'yadigan, moliyaviy yoki obro'siga putur yetkazadigan va/yoki bank xodimlaridan birining ish jarayonini murakkablashtiradigan har qanday turdagi nomaqbul xatti-harakatlar.
Chunki siz ochiqlik, halollik, ishonch va professionallikni qadrlaysiz.
O'zingiz bilgan insident sizga tegishli emasligiga ishonib, sukut saqlamoqchi bo'lsangiz, bank faoliyatini xavf ostiga qo'yasiz.
Insident haqida dastlabki bosqichda xabar berish bank va uning xodimlarini ehtimoliy zararlardan himoya qiladi.
Siz xabar berishingiz kerak, aks holda siz korrupsion, firibgar va jinoiy sxemalarning o'z-o'zidan ishtirokchisiga aylanasiz.
“TBC Bank” ATB Boshqaruvi raisi murojaati
Qadrli hamkasblar, hurmatli mijozlar va hamkorlar!
TBC Bank O‘zbekistonda o‘z faoliyatini bizni birlashtiruvchi va korporativ madaniyatimizning asosini tashkil etuvchi qadriyatlar – halollik, shaffoflik, innovatsiya va har bir insonga hurmat asosida quradi. Aynan shu tamoyillar bizga nafaqat muvaffaqiyatli moliyaviy tashkilot, balki millionlab mijozlar uchun ishonchli hamkor bo‘lish imkonini berdi.
Madaniyatimizning asosiy tamoyillaridan biri korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qat’iy murosasizlikdir. Korrupsiya ishonchni yo‘q qiladi va biz ishonadigan barcha qadriyatlarga zid keladi. TBC Bank korrupsiya va axloqsiz xatti-harakatlarga nisbatan qat’iy toqatsizlik siyosatini olib boradi va har birimiz ushbu standartlarga murosasiz rioya qilish uchun shaxsan javobgarmiz. Biz o‘z faoliyatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunga, shuningdek, axloq va manfaatlar to‘qnashuvi masalalarini tartibga soluvchi ichki korporativ hujjatlarga tayanamiz:
• Poraxo‘rlik va korrupsiyaga qarshi kurashishni hamda soliqlarni toʻlashdan bo‘yin tovlashga ko‘maklashishni oldini olish siyosati;
• Manfaatlar to‘qnashuvi siyosati;
• Xulq-atvor kodeksi.
O‘zbekistondagi TBC Bank ta’sischilari orasida tan olingan xalqaro moliya tashkilotlari bor, bu esa bizning korporativ boshqaruv, shaffoflik va axloqning yuqori xalqaro standartlariga intilishimizni ko‘rsatadi, xususan:
Buyuk Britaniyaning Poraxo‘rlikka qarshi kurash to‘g‘risidagi qonuni (The UK Bribery Act, 2010);
Moliyaviy nazorat boshqarmasining moliyaviy jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘llanmasi (FCA Guideline on Preventing Financial Crime, January 2015);
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Volfsberg guruhi ko‘rsatmalari (Wolfsberg Anti-Corruption Guidelines, 2011-yil avgust);
Buyuk Britaniyaning moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonuni (UK’s Criminal Finances Act, 2017).
Biz muntazam ravishda korrupsiya xavfini baholab, jamoa a’zolariga to‘g‘ri yo‘l tutish bo‘yicha treninglar o‘tkazamiz. Shu bilan birga, biz qoidabuzarliklar haqida xabar berish uchun xavfsiz sharoitlar yaratganmiz. Buning uchun mijozlar, hamkorlar va xodimlar foydalanishi mumkin bo‘lgan anonim kanal ishlaydi. Barcha murojaatlar maxfiylikni to‘liq saqlagan va murojaatchilarning ma’lumotlarini himoya qilgan holda ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, murojaat qilishingiz mumkin:
elektron pochta orqali: incident_compliance@tbcbank.uz
telefon orqali: 1150
Biz TBC Bank’da shaffoflik, halollik va professionallik madaniyati moliyaviy xizmatlar bozorini o‘zgartiradigan va odamlar hamda biznes uchun yangi imkoniyatlar ochadigan ekotizimni yaratishga imkon berishiga ishonamiz.
Men jamoamizning har bir a’zosiga, mijozlarimiz va hamkorlarimizga ishonch va birgalikdagi sa’y-harakatlar uchun minnatdorchilik bildiraman. Muvaffaqiyat nafaqat moliyaviy natijalar bilan, balki biz yashayotgan va rivojlanayotgan jamiyatga qo‘shgan hissamiz bilan ham o‘lchanadigan kelajakni birgalikda quramiz.
Hurmat bilan,
Spartak Tetrashvili
Boshqaruv raisi
O‘zbekistonda “TBC Bank” ATB