TBC Bank’ning “Baxt markazi”

Aksariyat banklar odatiy qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini tashkil qilgan bir paytda, TBC Bank boshqacha yo‘lni tanladi. Bankning koll-markazi “Baxt markazi” deya nomlandi va uning “baxt menejerlari” deyila boshlandi.


Bu nom ortida mijozlarga xizmat ko‘rsatishning aniq tamoyili bor: bankka qo‘ng‘iroq qilgan mijoz suhbatdan so‘ng muammosi e’tiborsiz qolganini emas, uni tinglashgani va yordam berishganini his qilishi kerak.
 

“Baxt markazi” qanday tashkil etilgan

TBC Bank O‘zbekistonda ish boshlashidan oldin jamoa mijozlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati rivojlangan kompaniyalar tajribasini o‘rgandi. Asosiy namunalardan biri amerikalik Zappos internet-do‘koni bo‘ldi. Kompaniyaning aloqa markazi operatorlari standart skriptlar bilan cheklanmaydi va mijozning savolini batafsil tinglashga harakat qiladi.
Ushbu yondashuv TBC Bank koll-markazi faoliyatiga ham asos qilib olindi. Operatorning vazifasi tayyor jumlalarni takrorlash emas, balki mijozga aynan nima kerakligini tushunish va yechim topishga yordam berishdan iborat.
“Baxt markazi” bank 2020-yil oxirida tijoriy faoliyatini boshlaganidan keyin ishga tushirildi. TBC Bank mahsulotlarining aksariyati masofadan turib rasmiylashtirilishi va boshqarilishi sababli aloqa markazi mijozlar bilan ishlashning asosiy kanallaridan biriga aylandi.
 

Operatorlar ishtirokidagi musiqiy trek

“Baxt markazi” O‘zbekistonda o‘z musiqiy trekiga ega sanoqli bank koll-markazlaridan biridir. Trek bank operatorlarining ovozlari ishtirokida yozilgan.
U kommunikatsiya kampaniyasining bir qismiga aylandi va qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimlari telefon menyusidagi shunchaki ovozlar emas, balki o‘z ismi va xarakteriga ega bo‘lgan alohida jamoa ekanini ko‘rsatdi.
 

Xodimlar qanday tanlanadi va o‘qitiladi

TBC Bank operatorlarni tanlashda nafaqat ish tajribasiga, balki murakkab vaziyatlarda odamlar bilan xotirjam muloqot qila olish qobiliyatiga ham e’tibor beradi. Muhim fazilatlardan biri empatiya, ya’ni suhbatdoshni tinglash va yechimni tushunarli tarzda izohlash qobiliyatidir.


Nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:

 

  • savodli va ravon nutq;
  • e’tiborlilik;
  • stressga chidamlilik;
  • katta hajmdagi axborot bilan ishlash qobiliyati;
  • tillarni bilish.


Tanlovdan o‘tgan xodimlar bank mahsulotlari, ichki tartiblar, xavfsizlik qoidalari va nizoli vaziyatlarda ishlash bo‘yicha ta’lim oladi.
Markaz faoliyati bir nechta ko‘rsatkich asosida baholanadi. Ular orasida qo‘ng‘iroqqa javob berish vaqti, maslahatning aniqligi, masalani birinchi murojaatdayoq hal qilish, xavfsizlik talablariga rioya etish va mijozning xizmatdan qoniqish darajasi bor.
Qo‘ng‘iroqlar sifat nazorati jamoasi tomonidan tinglanadi, mutaxassislar esa muntazam ravishda treninglardan o‘tadi.
 

TBC Bank aloqa markazi 24/7 ishlaydi

Moliyaviy masalalar ish jadvaliga bog‘liq emas. Pul o‘tkazmasi muhim bitim arafasida kechikishi, karta yakshanba kuni aeroportda bloklanishi yoki bayram kuni shubhali SMS kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarda yordam darhol kerak bo‘ladi.
TBC Bank raqamli bankining mobil ilova kecha-yu kunduz ishlasa, qo‘llab-quvvatlash xizmati ham 24/7 rejimida ishlashi kerak.
Biroq barcha masalalarni bir zumda hal qilish imkoni bo‘lmasligi mumkin. Masalan, yo‘qolgan kartani zudlik bilan bloklash xizmati istalgan vaqtda mavjud. Murakkab bank mahsulotlari bo‘yicha maslahat olish yoki murojaatni tegishli bo‘limda ko‘rib chiqish esa ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin.
 

TBC Bank operatori qanday yordam beradi

TBC Bank operatori orqali:

 

  • kredit, omonat, karta yoki pul o‘tkazmasi shartlarini bilish;
  • TBC UZ ilovasidan foydalanish bo‘yicha yordam olish;
  • ariza holatini aniqlash;
  • to‘lov yoki pul o‘tkazmasi haqidagi ma’lumotni tekshirish;
  • noma’lum pul yechimi haqida xabar berish;
  • yo‘qolgan kartani bloklash;
  • akkauntga kirishni tiklash;
  • murojaat yoki shikoyatni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.


Operator bank talablarini bekor qila olmaydi, kredit ajratilishini kafolatlamaydi va himoyalangan ma’lumotlarni oshkor qilmaydi. Biroq u amaldagi qoidalarni tushuntirishi, mavjud ma’lumotlarni tekshirishi va murojaatni kerakli mutaxassisga yo‘naltirishi mumkin.
 

Qo‘ng‘iroqqa qanday tayyorlanish kerak

TBC Bank koll-markazi operatori vaziyatni tezroq tushunishi uchun quyidagi ma’lumotlarni tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi:

 

  • bankda ro‘yxatdan o‘tkazilgan telefon raqami;
  • operatsiya sanasi va taxminiy vaqti;
  • to‘lov yoki pul o‘tkazmasi summasi;
  • kartaning oxirgi to‘rtta raqami;
  • muammoning qisqa tavsifi yoki ilovada chiqqan xato matni;
  • avvalgi murojaat raqami, agar u mavjud bo‘lsa.


CVV-kod, mobil ilova paroli yoki SMS orqali kelgan bir martalik kodni oldindan tayyorlash shart emas. Bank shaxsni tasdiqlash uchun maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishni talab qilmaydigan alohida tekshiruv tartibidan foydalanadi.
 

Firibgarlar qidiruv tizimlarida TBC Bank nomidan soxta telefon raqamlarini reklama qilishi mumkin. Shu sababli bank bilan bog‘lanish uchun telefon raqamini faqat rasmiy sayt, TBC UZ ilovasi yoki bank kartasining orqa tomonidan olish kerak.
TBC Bank’ning haqiqiy operatori hech qachon quyidagilarni so‘ramaydi:

 

  • kartaning PIN-kodi;
  • CVV yoki CVC-kod;
  • mobil ilova paroli;
  • SMS orqali kelgan kod;
  • operatsiyani tasdiqlash kodi;
  • masofadan boshqarish dasturini o‘rnatish;
  • pulni “xavfsiz hisob”ga o‘tkazish.


Agar o‘zini bank xodimi deb tanishtirgan shaxs ushbu ma’lumotlardan birini so‘rasa, suhbatni darhol tugatish kerak. Shundan so‘ng kartani ilova orqali bloklab, TBC Bank’ning rasmiy 1150 raqamiga mustaqil qo‘ng‘iroq qilish lozim.
 

TBC Bank bilan qanday bog‘lanish mumkin

TBC Bank qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bir necha usulda bog‘lanish mumkin:


1150: O‘zbekistondan qo‘ng‘iroq qilish uchun TBC Bank call-markazining qisqa telefon raqami. U 24/7 ishlaydi va hisob holatidan tortib mobil ilovadan foydalanishgacha bo‘lgan masalalar bo‘yicha yordam beradi.


+998 78 777 27 27: xorijda bo‘lgan mijozlar uchun TBC Bank aloqa markazi raqami. Ushbu raqam ham kecha-yu kunduz ishlaydi.


Qo‘llab-quvvatlash chati: tbcbank.uz saytida va TBC UZ ilovasida 24/7 rejimida mavjud. Bu usul telefon orqali gaplashish noqulay bo‘lganida yoki yozishmalarni saqlab qolish kerak bo‘lganida qo‘l keladi.
 

Uydan turib 100 000 000 so‘mgacha kredit

TBC Bank Uzbekistan ilovasini yuklab oling, ariza bering — javob 1 minutda chiqadi

iOS va Android uchun ilovani yuklab oling